Samarqand viloyatining Narpay tumanida dehqon xo‘jaliklari tashkil etish maqsadida 1400 gektardan ortiq yer maydoni aholi foydalanishi uchun ajratilgan.
Bu orqali tumandagi 5500 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlangan bo‘lib, ular bu imkoniyatlardan unumli foydalanib kelmoqda.
Jumladan, tumanning «Do‘stlik» mahallasida istiqomat qiluvchi Asliddin Hamidov dehqon xo‘jaliklari tashkil etish maqsadida ajratilgan 20 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etib, to‘qsonbosti usulida sabzi parvarish qilyapti. Dehqon, o‘zi yetishtirayotgan mahsulotini sotib, yuqori daromad olishni maqsad qilgan.
Binobarin, «Iymon» mahallasi fuqarosi Azamat Qurbonov hamda Bo‘ron Umirovlar ham o‘z xonadonida tashkil etilgan issiqxonadan samarali foydalanib, yuqori daromad olishmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: