O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi veb-sayti tezkor aloqa chatiga foydalanuvchilardan savollar kelib tushmoqda. Savollar agrar sohaga oid turli mavzularda bo‘lib, ularga vazirlikning tegishli mutaxassislari ishtirokida javoblar tayyorlanmoqda.
Men o‘zimning bog‘imda 5 sotik limonariya qilgandim, shuni yana kengaytirmoqchi edim, shunga qanday subsidiya olsam bo‘ladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi “Limonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-46 10-sonli qarorining 5-band, b-kichik bandida 2020-yil 1-martdan boshlab kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari, jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning har bir sotixi uchun 300 ming so‘mdan oshmaydigan miqdori “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi” hisobidan subsidiya sifatida qoplab berilishi belgilangan. Yuqoridagilarga ko‘ra, subsidiya olish shartlari bo‘yicha “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish” agentligiga murojaat qilishingiz mumkinligi bildiriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: