So‘nggi yillarda yurtimizda limonchilik tarmog‘ini isloh qilish, limonzorlar maydonini kengaytirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini ko‘paytirish borasida izchil choralar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyati Asaka tumani aholisi ham bog‘dorlikni rivojlantirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda.
Ana shunday mirishkorlardan biri “Asaka xonlar bog‘i” fermer xo‘jaligi rahbari Baxtiyor Xolmatovdir. Qariyb 10 gektar maydonni egallagan ushbu hududda o‘rik deysizmi, anor yoki gilos deysizmi barcha turdagi mevalarni topishingiz mumkin.
Birgina limon plantatsiyasi haqida aytadigan bo‘lsak, 10 sotix maydonga yer sathidan 2 metr pastda issiqxona tashkil etilgan. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, birgina limonzorning o‘zidan bir mavsumda qariyb 100 million so‘mgacha daromad olinmoqda. Hattoki, limonlar xorijga ham eksport qilinmoqda.
Ushbu issiqxonaning o‘ziga xosligi shundaki, isitish tizimini kerak emas, balki ustiga ikki qavat plyonka yopish orqali termos sistemasi tashkil etiladi va bu orqali issiqlikning bir maromda saqlanib turishini ta’minlaydi.
Qariy 6 kishini doimiy ish bilan ta’minlagan tinib-tinchimas fermer uchun vaqt oltinga teng. Biz bilan suhbatlashyapti-yu, bir tomonda ekinlarni parvarishlash, uni eksport qilish uchun tayyorlash bilan band.
Bilamizki, “limon” so‘zining kelib chiqishi xitoy tiliga oid bo‘lib, tarjimada “onalar uchun foyda” degan ma’noni anglatadi. Limonning foydasi haqida ko‘pchilik biladi, birorta ham shamollash usiz davolanmaydi, limon tibbiyot va kosmetologiyada keng qo‘llaniladi.
Albatta, xalqimizda azaldan ko‘chat ekib, bog‘ yaratgan insonlar ulug‘langan. Zero, tomorqa rizq-ro‘z, qo‘shimcha daromad manbai, bandlikni, arzonchilikni ta’minlashning samarali yo‘lidir.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: