Hali qish faslining chillasi chiqmagan ayni kunlarda Ko‘kdala tumanida ertapishar tarvuz ekish ishlari davom etmoqda. Bu yerda mirishkor bobodehqonlarning tinimsiz izlanishlari evaziga tarvuzlar har yildagidan 5-6 kun avval pishib yetilmoqda.
Shu bois, Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida tarvuz yetishtirish va tayyor hosilni birinchilardan bo‘lib bozorga chiqarish bo‘yicha o‘ziga xos maktab yaratilgan. Hozircha ertaki tarvuz yetishtirishda ularning oldiga tushadigani yo‘q.
Ko‘kdalaliklar ekkan tarvuzning pishishini hatto eksportchi korxonalar ham poylab turadi. Boisi, bu yerda yetishtirilgan tarvuzlar nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir.
2022-yilda tumanda 12 ming gektar yerda tarvuz yetishtirilgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 20 ming gektarga yetkazilgan edi.
Yetishtirilgan hosil va eksport hajmi ham shunga mos ravishda: 2022-yilda Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga 300 tonna tarvuz eksport qilingan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich deyarli ikki barobarga oshdi. Bu yil ham mirishkor bobodehqonlarning rejasi ulkan.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: