Karambola yoki «yulduz mevasi» Janubi-Sharqiy Osiyo va Janubiy Amerika kabi tropik mintaqalarda yil davomida o‘suvchi ekzotik mevadir. Bu meva shakli bilan ajralib turadi, kesilganida yulduzga o‘xshaydi.
Uning tarkibida ko‘plab vitamin va minerallar, jumladan kaliy, foliy kislotasi, C va A vitaminlari va antioksidantlar mavjud. Ta’mi esa nordondan shiringacha bo‘lib, o‘zidan mayin va o‘ziga xos ifor taratadi.
Karambola ko‘pincha yangi uzilgan, mevali salatlarda yoki salqinlantiruvchi ichimliklarga o‘zgacha ekzotik ta’m qo‘shish uchun ishlatiladi. Yana bir xususiyati – mevani tatib ko‘rishdan avval po‘stlog‘idan ajratilmasligi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: