Ipak qurti – mo‘jiza. Bir oylik mashaqqatli davrda qurtdan g‘umbak, ya’ni tayyor pilla yetishtirilgungacha bo‘lgan jarayon juda qizg‘in kechadi.
Mittigina ipak qurtidan noyob pilla, tolagacha bo‘lgan holatni kuzatish esa undan ham qiziqarliroq. Biroq pilla yetishtirishning hadisini olgan yurtdoshlarimiz har yili bu ishda faol bo‘ladi, mavsum uchun katta tayyorgarlik ko‘radi.
Bu jarayonda ayniqsa, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining xodimlari hududlarda bo‘lib mavsumga tayyorgarlik ko‘rish, pilla yetishtiruvchilar bilan shartnomalar imzolash, ularga eng sifatli ipak qurtlarini yetkazib berish, ozuqa zanjirining holatini monitoring qilib borishmoqda.
Jumladan, bugun Farg‘ona viloyatida ham bu kabi ishlar davom etmoqda. Joriy yil bahorgi pilla yetishtirish mavsumi uchun kasanachilar bilan shartnoma tuzish ishlari davom ettirilmoqda. Viloyatda bugungi kunga qadar 10 mingdan ortiq kasanachilar bilan shartnoma tuzish ishlari o‘z nihoyasiga yetkazildi.
Joriy yil bahorgi pilla yetishtirish mavsumida viloyatda 43 ming 323 ipak qurti parvarishlanib, 2 ming 556 tonna pilla hosili yetishtirish reja qilingan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: