Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi rivojlangan xorij mamlakatlarida maxsus issiqxonalarda gidroponika usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu gidroponika usulida qishloq xo‘jaligi ekinlari tuproqsiz maxsus jihozlangan sharoitda suvda eritilgan oziqa moddalari yordamida yetishtiriladi. Bu zamonaviy issiqxonachilik so‘nggi yillarda mamlakatimizda ham tobora ommalashib, rivojlanib bormoqda.
Bu yo‘nalishda ko‘plab fermer va tadbirkorlarimiz samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, Toshkent viloyati Zangiota tumanida 2020-yilda tashkil topgan “Gigant Grее” MCHJ ham issiqxona sharoitida gidroponika usulida pomidor yetishtirmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: