Avval xabar berganimizdek, Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda nazoratni tizimli yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan mazkur seminarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizim tashkilotlarida ijro nazorati bo‘yicha faoliyat yurituvchi 150 nafardan ortiq ishchi xodimlar ishtirok etishdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari mazmun-mohiyati va ularning ijrosini joylarda tashkil qilish, shuningdek, Davlatimiz rahbari hujjatlaridagi topshiriqlar ijrosini ta’minlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, Adliya vazirligi Hujjatlar ijrosini nazorat qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi Jamshid Boboyev va Yuristlar malakasini oshirish markazi Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Doniyor Rahimovlarning Prezident Farmon va qarorlari ijrosini ta’minlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari va hujjatlarning xususiyatlariga ko‘ra toifasi haqidagi ma’lumotlari ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Kunning ikkinchi yarmida seminar ishtirokchilari vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Shundan so‘ng o‘quv seminari ushbu markazda davom etdi. Seminarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Nazorat va ijro intizomi bo‘limi boshlig‘i Qahramon Mamatmurodov, Murojaatlar bo‘limi boshlig‘i Ma’murjon Xalilov, Devonxona bosh mutaxassisi Islom Azimqoriyevlar tomonidan ijro intizomini joylarda to‘g‘ri tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashda davlat idoralari oldiga qo‘yiladigan talablar, ish yuritish tartibini belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirishning muhim jihatlari kabi mavzularda so‘z yuritildi.
Mazkur o‘quv seminari davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: