Bugun, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida qishloq xo‘jaligi sohasiga yangi investitsiyalarni jalb etish, loyihalarni jadallashtirish, agrar sohada xalqaro shartnomalarning samaradorligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda vazir o‘rinbosarlari, departament va boshqarma boshliqlari, mutasaddi xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda agrar sohada erishilgan kelishuvlar va loyihalar samaradorligini oshirish, bu boradagi hamkor tashkilotlar bilan samarali ishlash mexanizmini yo‘lga qo‘yish, xususan, qishloq xo‘jaligida ish jarayoni sekinlashib qolgan mavjud xorijiy investitsiya loyihalarining muammolarini aniqlash va loyihani qayta ko‘rib chiqish hamda ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha samarali chora ko‘rish masalasi muhokama qilindi.
Vazir I.Abdurahmonov o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida qayd etar ekan, bunda eng avvalo agro iqtisodiyotni takomillashtirish hamda xorijiy moliya institutlari tomonidan ajratilayotgan grant mablag‘larini maqsadli investitsion loyihalarga yo‘naltirish yuzasidan bir qator mas’ul rahbar-xodimlarga tegishli topshiriqlar berdi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda xorijiy davlatlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va savdo shartnomalari ijrosini jadallashtirish, jumladan, davlat Rahbarining Xitoyga amalga oshirgan davlat tashrifi bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish yuzasidan ishchi guruh tashkil etish, bunda har bir departament va boshqarma boshliqlari mas’uliyatni his etgan holda ishni to‘g‘ri va ratsional tashkil etishi natijasi yuzasidan hisobdorlikni amalga oshirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Shuningdek, majmuaviy boshqarmalar bilan hamkorlikda ish tashkil etishga mas’ul rahbar ayni jarayonga bevosita javobgar hamda natija ko‘rsatishga mas’ul etib belgilandi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: