Namangan viloyati hokimligi mutasaddi rahbarlari Yangiqo‘rg‘on tumanidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan “Mo‘jiza agrosanoat servis” sho‘ba korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Ta’kidlanishicha, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish» loyihasi doirasida korxonaga qarashli 2 gektar yer maydonida issiqxona tashkil etilgan.
Ayni kunlarda ushbu tadbirkorlik obyektining 40 nafar ishchilari tomonidan gidroponika usulida pomidor parvarishlanmoqda. Tanishuv jarayonida qayd etilishicha, yiliga yetishtirilishi mo‘ljallangan 500 tonna pomidordan 360 tonnasi eksportga yo‘naltiriladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: