Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi va ekologik masalalar butun dunyoni tashvishga solayotgan jarayondir. Global isish, iqlim o‘zgarishlari, yildan yilga kuchayayotgan qurg‘oqchilikning ta’siri ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarda, ayniqsa, ko‘zga tashlanyapti. Mamlakatimiz esa iqlim o‘zgarishi ta’siriga ko‘proq moyil bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiradi.
Binobarin, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan o‘quv seminarida ham global iqlim sharoitida dehqonchilikni rivojlantirish, suv tejovchi resurslardan foydalan ish va hosildorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Unda, vazirligi mas’ullari, sohasi mutasaddilari hamda viloyat fermer va dehqon xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda yer yuzida iqlim o‘zgarishi keng tarqalayotgan global muammolardan biri bo‘lib, buning natijasida yana bir qancha muammolar, jumladan, oziq-ovqat inqirozi vujudga kelayotgani va uni oldini olish borasida qilinayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Xususan, suv resurslari va ulardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi, shuningdek, qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish, suvning hisobini yuritish, suv inshootlarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, sohani raqamlashtirish tabiiy tizimlarda ekologik muvozanat va bioxilma-xillikni saqlashga yordam berishi aytib o‘tildi.
Seminarda ishtirokchilar tomonidan zamonaviy usullar asosida mamlakat oziq-ovqat ta’minoti barqarorligiga erishish uchun yangi serhosil qishloq xo‘jaligi ekinlari, ularning birlamchi urug‘chiligini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va hayotga tatbiq etilishini ta’minlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, ekin maydonlarini tomchilatib sug‘orishni keng joriy qilish, ushbu yo‘nalishdagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan qator takliflar bildirildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: