Qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiya va xizmatlar AKIS markazida xalqaro ekspert Melvin Medina Navarro (Italiya) ishtirokida issiqxona yaratishni rivojlantirish va himoyalangan tuproqda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning o‘ziga xosliklariga bag‘ishlangan treninglar turkumi boshlandi. Trening O‘zbekistondagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (BMT) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida “Kelajak avlod uchun aqlli dehqonchilik” loyihasi doirasida tashkil etildi.
Melvin Navarro dunyoning turli burchaklarida issiqxonalarni boshqarishda 20 yildan ortiq tajribaga ega. U tomonidan ishlab chiqilgan trening issiqxona agro ishlab chiqarish mavzusini batafsil ochib beruvchi 8 moduldan iborat.
2-3-noyabr va 10-11-noyabr kunlari treninglar Toshkent viloyatida, 8-noyabr kuni esa Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tmoqda. Barcha treninglarning video yozuvlari (8 modulning barchasi) O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining www.agro.uz veb-saytida tomosha qilish va yuklab olish imkoniyati bilan joylashtiriladi.
Melvin Navarroning (Italiya) issiqxona xo‘jaliklarini boshqarish bo‘yicha 8 ta treningiga havolalar:
2. Iqlimni boshqarish.
(2-treningga o‘tish uchun bosing)
3. Tomga yopiladigan materiallar.
(3-treningga o‘tish uchun bosing)
4. Sanitariya va istisno choralari.
(4-treningga o‘tish uchun bosing)
Quyidagi treninglar ham oflayn, ham onlayn tarzda Zoom orqali o‘tkazildi. Barcha xohlovchilar maxsus havola orqali ulanishi mumkin:
5. Suv resurslarini boshqarish.
(5-treningga o‘tish uchun bosing)
2021-yil 8-noyabr (09:30 – 16:00)
https://fao.zoom.us/j/94526974285
Uchrashuv ID: 945 2697 4285
Parol: 05782994
6. O‘simliklarni oziqlantirish.
(6-treningga o‘tish uchun bosing)
2021-yil 8-noyabr (09:30 – 16:00)
https://fao.zoom.us/j/94526974285
Uchrashuv ID: 945 2697 4285
Parol: 05782994
7. Tuproq/substratni boshqarish.
(7-treningga o‘tish uchun bosing)
2021-yil 10-noyabr (09:30 – 16:00)
https://fao.zoom.us/j/96283318458
Uchrashuv ID: 962 8331 8458
Parol: 20448647
1-qism – 2021-yil 10-noyabr (09:30 – 16:00)
https://fao.zoom.us/j/96283318458
Uchrashuv ID: 962 8331 8458
Parol: 20448647
(8-trening 2-qismiga o‘tish uchun bosing)
2-qism – 2021-yil 11-noyabr (09:30 – 16:00)
https://fao.zoom.us/j/96920387571
Uchrashuv ID: 969 2038 7571
Parol: 90564082
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: