Ekinlar orasida unib chiqib, ularning rivojlanishiga halal beradigan begona o‘tlar bir yillik va ikki yillik bo‘ladi. Eng ko‘p va keng tarqalgan biologik guruhga mansub bir yillik begona o‘tlar faqat urug‘idan ko‘payadi. Urug‘larining unib chiqish muddatlariga ko‘ra ular efemerlar, erta bahorgi, kech bahorgi, qishlovchi va kuzgi begona o‘tlar bioguruhlariga bo‘linadi.
Efemerlarning o‘sish davri qisqa bo‘lib, ularning hayoti unib chiqishidan urug‘ yetilguncha 1,5-2 oy davom etadi. Bunga lolaqizg‘aldoq, yulduzo‘t misol bo‘ladi. Kuzda unib chiqqanlari qishlaydi. Ular kuzgi g‘alla, birinchi yilgi beda, kuzgi piyoz va boshqa ekinlar orasida ko‘p uchraydi.
Erta bahorgi begona o‘tlar urug‘i ilk ko‘klamda, hali tuproq yaxshi qizimasidanoq unib chiqadi va ekinlar hosilini yig‘ishtirib olguncha yoki ular bilan bir vaqtda pishib yetiladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: