Avval xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishchi tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida viloyatning yirik klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
Unda ayni paytda dunyodagi o‘zgarishlar fonida agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bois, kechagi tajriba bugunga mos kelmayotgani, texnika va texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir paytda qishloq xo‘jaligi ekinlarini, xususan, paxtani tomchilatib sug‘orishga to‘liq o‘tkazish, kanal va ariqlarni betonlash orqali mavjud suv zaxirasidan unumli foydalanish, shuningdek yetishtirilayotgan mahsulotlarning qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish bugungi davr talabi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Vazir o‘z navbatida, bugun dunyoda bo‘layotgan global o‘zgarishlar, ilm-fan va texnika taraqqiyoti ildam odimlayotgan bir paytda mahsulot yetishtiruvchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘zaro munosabatlarda har tomonlama maqbullik nuqtayi nazaridan yondashish lozimligini qayd etdi. Bir vaqtlar mahsulot yetishtiruvchilarda bersang ekaman, nima chiqsa shuni olasan degan qarash urf bo‘lgan va bunga oramizda bugun ham amal qilayotganlar bor. Biroq bugun agrar sohada butunlay yangicha tafakkur va yangicha qarashlarda ish boshlaydigan davr kelgani ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari tomonidan aynan klaster tizmi yo‘lga qo‘yilgani ham avvalo mahsulot tannarxini tushirish, xalq ma’murligi va oziq-ovqat xavfsizligi bosh omil ekanini o‘ylash va shu asosda ish olib borishni ko‘zda tutgan. Hamma bir birini tushungan holda ish yuritsa, masala o‘lda-jo‘lda emas, balki aniq maqsadlar asosida tizimli ish olib borilishi, hamda qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashkil etilgan yig‘ilishda ham yig‘ilganlarning fikr-mulohazasi tinglandi va ularga yechim izlandi. Eng asosiysi, bugun qilinayotgan har bir islohot dehqonning, quyi bo‘g‘indagi har bir insonning hayot tarzini yaxshi tomonga o‘zgartirish, farovonlikni oshirishga xizmat qiladi.
Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini oshirishga nafaqat yurtimizda, balki dunyo miqyosida alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar davlatimiz rahbari tomonidan agrar soha mutasaddilari oldiga qo‘yilayotgan vazifa va belgilab berilayotgan topshiriqlar ham aynan qishloq xo‘jaligining rivoji, yurtdoshlarimizning farovon hayot kechirishlarini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: