Xabar berganimizdek, joriy yilning 1-fevral kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Taqdimotlar tinglandi. Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida Bilim va innovatsiyalar Milliy markazi viloyat boshqarmasining taqdimoti tinglandi.
Unda, viloyatning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yilda yilga mo‘ljallangan istiqbolli loyihalarni statistik taqdimoti, viloyat polizchilik sohasini rivojlantirish yuzasidan qilinayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Vazir o‘z navbatida, dunyodagi o‘zgarishlar fonida agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bois, kechagi tajriba bugunga mos kelmayotgani, texnika va texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir paytda qishloq xo‘jaligi ekinlarini, xususan, paxtani tomchilatib sug‘orishga to‘liq o‘tkazish, kanal va ariqlarni betonlash orqali mavjud suv zaxirasidan unumli foydalanish, shuningdek yetishtirilayotgan mahsulotlarning qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish bugungi davr talabi ekanligi ta’kidladi.
Shuningdek, xorijdan yuqori hosildor xorijiy g‘o‘za navlari va duragaylarini olib kirish hamda parvarishlashda har bir navga xos bo‘lgan yuqori samarador agrotexnologiyalarni qo‘llash, paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan g‘o‘za navlarini joylashtirishda kafolatlangan urug‘ ta’minotiga muvofiq erkinlik berilishi masalalari e’tibor qaratish lozimligini qayd etildi.
Bu jihatdan olib qaraganda ayni paytda dunyo miqyosida global masalaga aylangan oziq-ovqat xavfsizligi va bunga erishishi borasida tinimsiz izlanishlar olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham birinchidan xalqqa tushunarli bo‘lishi, ikkinchidan esa xalqona yechimlarga ega bo‘lishi, avvalo rivojlanishni o‘zimizdan boshlashimiz lozimligi aytib o‘tildi.
Taqdimot so‘ngida vazir Ibrohim Abdurahmonov innovatsion loyihalarni amalga oshirish va bunda xorij mutaxassislarini jalb qilish hamda ishlarni jadallashtirish borasida o‘z takliflarini aytib o‘tdi hamda mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: