FAO, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Zamin” fondi bilan hamkorlikda Farg‘onada issiqxona xo‘jaligi bo‘yicha trening o‘tkazildi.
Unda, Farg‘onada issiqxona xo‘jaligi yosh ishqibozlari – eko-maktab o‘quvchilari, yetakchi xalqaro va milliy ekspertlar ishtirok etdi.
Trening doirasida bolalarda tabiatga g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘ularini shakllantirib, global ekologik muammolar va ularni shaxs sifatida hal qilish imkoniyatlari, o‘simliklarga g‘amxo‘rlik qilish, tabiiy resurslarni asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi tushunchalar berildi.
Aytish kerak, FAOning “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” (CACILM-2) mintaqaviy loyihasi tomonidan 22 ta shunday issiqxona respublikadagi ixtisoslashtirilgan maktablar va eko-maktablariga berilgan, keyinchalik Zamin fondi tomonidan moliyalashtirish asosida yana 18 ta issiqxona qurildi.
Treningda so‘zga chiqqan FAOning O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Sherzod Umarov “Atrof-muhit holatini yaxshilash – FAOning 2022-2031 yillarga mo‘ljallangan strategik doiraviy dasturiga kiritilgan global miqyosdagi to‘rtta yashxilash yo‘nalishidan biridir. Bu soha iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, ekotizimlarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mas’uliyatli iste’mol va boshqa ko‘p masalalarni o‘z ichiga oladi. Biz esa ekologik mas’uliyatli yosh avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shayotganimizdan mamnunmiz”, — deya o‘z fikrini davom ettirdi.
Mashg‘ulotlar davomida “Kelajak avlod uchun aqlli qishloq xo‘jaligi” loyihasi doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar haqidagi taqdimot qilinib, yangi texnologiyalarni joriy etish Farg‘ona vodiysida qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish bilan birgalikda mintaqada ekologik toza qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash, qishloq aholisining daromadlarini sezilarli darajada ko‘paytirish borasida taklif va tavsiyalar berildi.
Konstruktiv ruhda o‘tgan trening yosh ishtirokchilarning nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘lishi, balki oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda qancha vaqt va mehnat talab qilishini hamda atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qanchalik muhimligi borasidagi fikrlarini yanada boyitgani bilan ahamiyatli.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: