Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Abdusalomov agro biznes” MCHJ rahbariman. 120ga yer maydonimiz bor. Asosiy faoliyatimiz chorvachilikni rivojlantirish, bizga davlat tamondan ko‘mak kerak. Hozirgi kunda chorva ozuqasini yetishtirish maqsadida yomg‘irlatib sug‘orishni joriy qilganmiz. Bank oldida kredit qarzdorligi oshib ketganligi sababli davlat tomonidan ko‘mak so‘rab murojaat qilmoqdaman.
120 gektar maydonda chorva ozuqasini yetishtirish maqsadida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilganligi uchun Davlat byudjeti hisobidan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli qarori talablari asosida subsidiyalar berilishi belgilangan. Subsidiyalar olish uchun ixtiyoriy ravishda “Agrosubsidiya” ochiq elektron tizimida ariza va hujjatlarni (shartnoma, loyiha-smeta hujjatlari, dalolatnoma) kiritishingiz va tasdiqlashingiz lozim bo‘ladi. Ishchi guruhlar ariza va hujjatlaringizni belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, tegishli xulosani rasmiylashtiradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: