“Agrosubsidiya” axborot tizimida nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash imkoniyati yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 320-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchlar kiritildi. Mazkur qarorga muvofiq “Agrosubsidiya” axborot tizimida “Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash” xizmati joriy qilindi.
Subsidiya iste’molchilarga:
Paxta xom ashyosi va g‘alla ekinlarini mavjud tomchilatib, yomg‘irlatib yoki diskret sug‘orish tizimlaridan foydalangan holda sug‘orishda iste’mol qilingan elektr energiyasi qiymatining 100 foizi;
Paxta va g‘alla maydonlarini suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasidan foydalanmagan holda sug‘orishda iste’mol qilingan elektr energiyasi qiymatining 50 foizi miqdorida ajratiladi.
Shuningdek, bugungi kunda tizim orqali 46 turdagi subsidiyalarni olish imkoniyati yaratilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: