O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida, vazirlik mutasaddi rahbarlari, viloyatning qishloq xo‘jaligi boshqarmasi rahbarlari, sohaga aloqador rahbarlar, vazirlikning tizim tashkilotlari viloyat hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti Buxoro filiali binosida viloyatning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish, 2024-yilga mo‘ljallangan istiqbolli loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish borasida bir qator takliflar o‘rtga tashlandi.
Bugun viloyat mahsulot ishlab chiqarish bilan birgalikda xorijga nima eksport qila oladi, qanday yangi investitsiya jalb qilish mumkin, har bir qarich yerda unumli foydalanilish, xorijdan urug‘lik olib kelish masalasi muhokama markazida bo‘ldi.
Shuningdek, joriy yil hosili uchun dehqon xo‘jaliklari tomonidan asosiy va takroriy maydonlarga ekiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan hosil, aholi bandligini oshirish, zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, paxtachilik sohasida agrosanoat klasteri va kooperativlari faoliyatini rivojlantirish, joriy yil davomida agrar sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, maqsadli investitsion loyihalarni jalb etish va xorijdan keltirilayotgan sifatli urug‘lik masalasi xususida so‘z yuritildi.
Vazir o‘z navbatida, bugun dunyoda bo‘layotgan global o‘zgarishlar, ilm-fan va texnika taraqqiyoti ildam odimlayotgan bir paytda mahsulot yetishtiruvchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘zaro munosabatlarda har tomonlama maqbullik nuqtai nazaridan yondashish lozimligini qayd etdi.
Qolaversa, har bir tuman va shahar rahbarlari kunlik reja asosida ish olib borishi zarurligi qayd etildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: