
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik Mahmud Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari keskin sovuqda intensiv bog‘larda mevali daraxtlarni asrash bo‘yicha quyidagi zarur tavsiyalar berdilar:
Mevali daraxtlarni sovuqda tutun tutatish orqali asrash mumkin. Kechasi havo harorati -15°darajadan oshganda payraha, qurigan shox-shabba, somon uyumlarini nam holatda tutatib qo‘yiladi. Tutun bog‘ ichiga yaxshi yoyilishi uchun uyumlarni bog‘ va uzumzorlarning shamol esadigan tomoniga qo‘yish hamda havo haroratini kuzatib borish zarur. Agar 3 kun ichida kurtaklar qoraymasa, unda bog‘ va bo‘lg‘usi hosil saqlanib qolgan bo‘ladi.
Agar mevali daraxtlar tana qismi yoki qalin shoxlarining tanasi shilinsa, sovuq taʼsirida yorilib, zahm paydo bo‘lsa, zaxlangan qismini tozalab 5% mis kuporosi, 5% Bordos aralashmasi bilan tozalab yuvib, ohakli bo‘tqa surtish lozim.Endi erta bahordagi sovuqdan himoyalashning oddiy usullarini aytib o‘tamiz:
– mevali daraxtlar ertaroq uyg‘onmasligi uchun tuproq, ohakli aralashma, yaʼni oq tuproq qo‘shilmasi bilan bo‘yash (purkash) 1/3;
– kechqurun haftasiga bir marotaba oddiy suv sepish;
– tutundan foydalanish (kechki vaqtlarda);
– yaxob suv berish (tinim davrida).
Ushbu usullar mevali daraxtlar uyg‘onishining tinim davrini 5-6 kunga kechiktiradi va mart-aprel oylardagi sovuqdan himoyalaydi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: