Bugun O‘zbekiston-Fransiya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va agrar sohadagi aloqalar bugun yoki kecha boshlangan emas, balki uzoq tarixga ega. Jumladan, O‘zbekiston olib borayotgan siyosatining Fransiya siyosati bilan monandligi ikki mamlakat uchun ham manfaatli hamkorlik uchun ahamiyatli.
Binobarin, buning natijasi o‘laroq, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez taklifiga binoan 26-27 fevral kunlari Parijda o‘tkaziladigan Xalqaro Parij qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Fransiyaga tashrif buyurdi.
Tashrifning ilk kunida, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) vakili Sandra Rullier, Fransiya Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish tadqiqot markazi (CIRAD) rahbari Elizabet Martin va Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, atrof-muhit va global salomatlik bo‘yicha ta’lim va tadqiqot alyansi “Agreenium” vakili Jerom Bove bilan uchrashdi.
Unda Fransiya taraqqiyot agentligidan grant mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekistonda tuproq unumdorligini oshirish, yangi ekin navlarini yaratish, iqlim o‘zgarishini oldini olish va qishloq xo‘jaligi strategiyasini qo‘llab quvvatlash yo‘nalishlarida CIRAD va Agreenium ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda tadqiqotlar va izlanishlar o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyasi, meva-sabzavotchilikni rivojlantirish va tomorqa yer maydonlarida vertikal issiqxonachilikni tashkil etishga qaratilgan moliyalashtirish manbaalarini shakllantirish muhokama qilindi.
Vazir o‘z navbatida, o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini e’tirof etar ekan, Fransiya O‘zbekistonning agrar sohadagi eng ilg‘or hamkorlaridan biri ekanligi, ayniqsa uzumchilik va vinochilikda ulkan salohiyatga egaligi va bu borada hamkorlikdagi yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish ustuvor masalalardan biri ekanini qayd etdi.
Umuman olganda, qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar va xalqaro hamkorlik aloqalari xalqimizning farovon turmush kechirishiga, yurtimiz taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi. Zero, qishloq xo‘jaligi rivoji farovonlik va yuksalishga zamin yaratadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: