Qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalariga qarshi biologik kurash samaradorligini oshirishda entomofaglar yetishtiruvchi biolaboratoriyalarning ahamiyati katta. 2023 yil 1 fevral holatiga ko‘ra, respublikamizda 636 ta biolaboratoriyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan:
Ushbu biolaboratoriyalarda 2022-yilda, oltinko‘z entomofagi 6 438 mln dona, brakon entomofagi 3 881 mln dona va trixogramma 8 206 kilogramm ko‘paytirildi va 2 mln 570 ming gektar ekin maydonlariga tarqatildi.
Ayni paytda respublikamizdagi biolaboratoriyalarda asosan 3 ta trixogramma, brakon, oltinko‘z entomofaglari ko‘paytiriladi.
Trixogramma tunlam tuxumlariga qarshi qo‘llaniladi. U asosan don kuyasining tuxumlarida ko‘paytiriladi. Parazitning barcha rivojlanish davri o‘ljaning tuxumida o‘tadi. Uni g‘umbak yoki yetuk shaklida ishchilar qo‘l kuchi yordamida dalaga chiqarib tarqatiladi.
Trixogramma bir gektarga kamida 100 ta nuqtada 10 metrdan (10×10) oralatib tarqatiladi. G‘ovlagan g‘o‘za paykallarida hamda zararkunandaning zichligi ko‘p bo‘lgan joylarda 5×5 tizimida 400 nuqtaga tarqatish yanada yaxshi samara beradi.
Brakondan o‘rta va katta yoshli ko‘sak qurtlariga qarshi foydalaniladi. U mart, aprel oylarida havoning o‘rtacha sutkalik harorati 16-18 darajaga yetganda jonlana boshlaydi. Mavsum davomida 7 marta avlod beradi. Brakon tashqi parazit bo‘lib, ko‘sak qurtining o‘rta va katta yoshdagi qurtlarini falajlab, so‘ng ustiga 4-5 tadan toki 16 tagacha tuxum qo‘yadi. Ushbu parazit juda serpusht bo‘lib, 100-800 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. U laboratoriya sharoitida mum kuyasi qurtlarida ko‘paytiriladi.
Brakon bir gektarga tarqatishda asosan ko‘sak qurti bor joylarga 4-5 kun oralatib, 3 marta qo‘yilishi kerak. Masalan, nazoratchilar tomonidan 100 ta o‘simlikda 5 tadan qurt borligi aniqlangan bo‘lsa, bunday holatda bir gektarda 5 000 dona qurt bo‘ladi.
Oltinko‘z hammaxo‘r yirtqich kushanda sifatida so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi ishlatiladi. U zararkunandalarning 70 dan ziyod, kanalarning 11 turi bilan oziqlanadi. O‘zbekistonda oltinko‘zlarni boqish uchun don kuyasi tuxumidan (sitotroga) foydalaniladi.
Issiqxonalardagi ekinlarga zarar keltiradigan Oqqanot ko‘payib tashqaridagi ekinlarga ham zarar keltiradi. Unga qarshi oqqanot bilan oziqlanadigan enkarziya entomafagini qo‘llash mumkin. Enkarziya oqqanotning yangi lichinkalarini nobud qilish orqali oziqlanadi.
Videolavhamizda Farg‘ona viloyatidagi biotexnologiya laboratoriyasi haqida hikoya qilamiz.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: