Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Statistika agentligi axborot tizimlarini integratsiyasini kengaytirish, yangi turdagi ma’lumotlarning almashinuvini yo‘lga qo‘yish, «Agrar va oziq-ovqat sohasidagi vaziyatni baholash» elektron platformasini yaratishda statistik ma’lumotlardan foydalanish masalari va bu borada olib borilgan ishlarning holati ko‘rib chiqildi va kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqining ASK Facility loyihasining ko‘magida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Statistika agentligi mas’ullaridan iborat guruhning Polsha Respublikasiga tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tajribasi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari balansining yuritilishi, qishloq xo‘jaligi bozorining integrasiyalashgan axborot tizimi (IAMIS – Integrated Agricultural Market Information System) to‘g‘risidagi taqdimot va ma’lumotlar muhokama qilindi.
Respublikada 2024-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri sohadagi muhim va keng miqyosli tadbir hisoblanadi. Polsha Respublikasining mazkur yo‘nalishidagi tajribasi o‘rganish ishchi guruh tomonidan ijobiy baholandi, jumladan Polsha davlatida anketa so‘rovnomalarini ishlab chiqish, autsorsing kompaniyalarning xizmatlaridan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari, ma’lumotlarni axborot tizimlarida shakllantirish va ro‘yxatga olish jarayonlarini soddalashtirish masalalari bo‘yicha hisobot va takliflar muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Polsha Respublikasida keng foydalanishda bo‘lgan IAMIS axborot tizimining afzalliklari va unda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bozor narxlarini shakllanishi bosqichlarida narxlarni o‘zgarishlarini tahlil qilish, ortiqcha sarf-xarajatlarni qisqartish va pronozlashtirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqildi. Mazkur tizimni respublikada joriy etilishi ijobiy ta’sir etishi, bunda tegishli huquqiy asoslarini ishlab chiqish zaruriyati mavjudligi ta’kidlandi.
Idoralararo ishchi guruhi ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: