“Sirdaryo–Xitoy” biznes forumi qatnashchilari Sirdaryo viloyati Xovos tumanida O‘zbekistonda ilk bor barpo etilayotgan “Oziq-ovqat sanoat texnoparki” va hududda amalga oshirish mumkin bo‘lgan innovatsion loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Unda Qishloq xo‘jaligi vaziriligi rahbariyati, Sirdaryo viloyat hokimligi va Xitoy va mahalliy ishbilarmonlar, shuningdek, hududiy hokimliklar vakillari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Taqdimotda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov Xitoydagi yetakchi kompaniyalar vakillariga O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi sohasida mavjud imkoniyatlar va takliflar xaqida ma’lumot berdi.
Tadbirda, shuningdek, Prezidentimiz tomonidan Sirdaryoni sanoat, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va tibbiyot bo‘yicha “ilg‘or innovatsiyalar hududi”ga aylantirish yuzasidan ilgari surilgan tashabbuslar doirasida ishlab chiqilgan yangi loyiha takliflari, tashabbuskor sarmoyadorlar uchun yaratib beriladigan imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, “Oziq-ovqat sanoat texnoparki” loyihasining afzalliklari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Taqdimot B2B formatidagi muloqotlar doirasida davom etdi. Unda 10 gektar yer maydoniga barpo etilayotgan “Oziq-ovqat sanoat texnoparki” qurilish loyihasining qiymati 25 million AQSH dollarini tashkil etishi va ushbu tadbirkorlik obyektini temir yo‘l kesishmasi yaqinida joylashganligi ta`kidlandi hamda Xitoy bozorida talabi yuqori mahsulotlarni kerakli usulda ishlab chiqarib eksport qilishni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: