Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushayotgan ko‘plab savollarni tahlil qilgan holda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “E-IJARA” axborot tizimining barcha foydalanuvchilarga mo‘ljallangan qismida qo‘shimcha qulayliklar joriy etildi:
Ochiq elektron tanlovlarda yutilgan lotlar bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish holati, jumladan shartnoma bekor qilinganda “E-AUKSION” elektron savdo platformasida tanlovlarda qaytadan ishtirok etishga ruxsat berilganini tekshirish.
Tanlovlarda ishtirok etgunga qadar yangi mexanizm asosida mo‘ljaldagi ballarni hisoblash imkoniyati.
Yerning normativ qiymati boʻyicha olingan majburiyatlar ijara muddatiga taqsimlagan holda hisoblash imkoniyati.
Foydalanuvchilar yuqoridagi imkoniyatlardan http://e-ijara.uz saytining “Qulayliklar” bo‘limida foydalanishlari mumkin.
Yaratilgan imkoniyatlardan qanday foydalanish bo‘yicha videorolikda batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: