Sholichilikni rivojlantirishda Janubiy Koreya bilan hamkorlik natijasida sholining yangi resurstejamkor navlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti va Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi “KOPIA” tashkiloti samarali hamkorlik qilmoqda.
Bugun Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutiga beg‘araz ko‘mak asosida maxsus texnikalar topshirildi.
Ta’kidlash kerakki, sholichilikni rivojlantirish borasidagi hamkorlik ko‘lami yil sayin ortmoqda. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va koreyalik hamkorlar o‘rtasida umumiy qiymati 3 mln 700 ming dollarlik yangi loyiha imzolandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: