Xitoyda yirik kompaniyalar guruhi safida “Sinomach” alohida o‘ringa ega. Uning nufuzi ko‘p tarmoqli va ko‘p funksiyalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga asos solgani bilan ahamiyatli sanaladi.
Mazkur kompaniyalar guruhining yirik bo‘g‘ini – “China CAMC Engineering Co.Ltd” kompaniyasi ham muzokara stoliga o‘tirdi. Yirik kompaniyalar guruhi o‘z tasarrufida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda sanoat ishlab chiqarish quvvatlarini birlashtiradi. Ilmiy yondashuv asosida har bir yo‘nalish aniq hisob-kitob asosida moliyalashtiriladi va strategik reja asosida rivojlantiriladi.
Bugungi Xitoy biznesining tamoyili ana shunday. CAMC faqat qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saralash orqali yiliga 20 milliard dollar sof foydaga erishgan. Bu aylanma mablag‘ va kapital qo‘yilmalardan tashqari. Bu kompaniyalar guruhining bitta bo‘g‘ini. Ular O‘zbekiston bozorida 2007 yildan beri taqdim etilgan bo‘lsalarda, real loyihalar va katta rejalarga erishishda qiyinchiliklar bo‘lgan. Biznes forum doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘z navbatida «China CAMC Engineering Co.Ltd» kompaniyasi boshqaruv raisi Li Xaysin bilan kelishuv imzolab, qishloq xo‘jaligi texnikalari va suv tejovchi texnologiyalarni lizing asosida mamlakatimiz agrotarmoq vakillariga taqdim etish masalasini kelishib olishdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: