Qishloq xo‘jaligi tizimida parrandachilik yetakchi tarmoqlardan biri sanaladi. Bugun, respublikamizda parrandachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, zarur huquqiy asoslar yaratilayotgani diqqatga sazovor.
Mazkur sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarimiz esa, xorijdan zotdor parrandalarni olib kelib, uni boqish va ko‘paytirish ishlarini amalga oshirmoqda. Bu esa ichki bozorlarimizni sifatli tuxum va go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyatini yaratadi.
Ayni shunday korxonalardan biri, Navoiy viloyati Navbahor tumani Qorajon hududida joylashgan “Navbahor tomorqa xizmati klasteri” MCHJ ham tuxum yetishtirishga ixtisoslashgan parrandachilik fermasidir.
Shu kunlarda Navoiy viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Navbahor tomorqa xizmati klasteri” MCHJ faoliyati bilan tanishib, jamiyatning yaqin kunlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan parrandachilik fermasi va bu yerda kelgusida yaratiladigan imkoniyatlar haqida soha mutaxassislari bilan yaqindan fikr almashdi.
Korxonaning loyiha qiymati 20 mlrd so‘m bo‘lib, bu yerda 160 ming bosh parrandalarni parvarishlash rejalashtirilgan. Bu orqali yiliga 44 mln dona sifatli tuxum yetishtirish kutilmoqda.
Aytish joizki, korxona binosining qurilishi tugatilib, jo‘jalar keltirilgandan keyin 50 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: