Bugun, 16-oktyabr – Butunjahon oziq-ovqat kuni. Shuningdek, bundan 78 yil avval ushbu sanada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tashkil topgan. Butunjahon oziq-ovqat kuni 150 dan ortiq mamlakatlarda nishonlanadi. Bu BMT taqvimidagi eng mashhur xalqaro kunlardan biri hisoblanadi.
2023-yilgi Butunjahon oziq-ovqat kunining shiori “Suv – bu hayot. Suv – bu oziq-ovqat. Hech kim e’tibordan chetda qolmasin” – deb nomlandi.
Mazkur sana munosabati bilan FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan fototanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlov yoshlar e’tiborini oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda suv resurslaridan oqilona va barqaror foydalanishning muhimlini targ‘ib etishi bilan ahamiyatlidir.
Ijodiy tanlov natijalariga ko‘ra eng yaxshi 20 ta asarlar mualliflari aniqlanib, dastlabki uchta o‘rin g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar – noutbuk, planshet va smartfon bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari, bir qancha ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi mukofotlarga sazovor bo‘lishdi.
Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar o‘z ishlarida qishloq xo‘jaligida suvning rolini aks ettirishlari, suvdan oqilona foydalanish,suv resurslarining ifloslanishiga qarshi kurashish muhimligini va boshqa muhim jihatlarni ko‘rsatib o‘tishlari lozim edi. Respublikaning turli oliy o‘quv yurtlarida qishloq va suv xo‘jaligi, irrigatsiya, agrotexnologiya, veterinariya, o‘simlikshunoslik va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar katta faollik ko‘rsatdilar. Tanlov hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, faxirliy birinchi o‘ringa tanlovda o‘zining fotoasari bilan faol ishtirok etgan Toshkent Davlat agrar universiteti II bosqich talabasi Axmadova Charos loyiq topildi. Uning fotoasarida hozirgi kunda chekka va olis qishloqlarda suv tanqisligi natijasida vujudag kelgan vaziyat tasvirlangan.
Tadbirda ta’kidlanganidek, suv yerdagi hayot manbaidir. U yer yuzasining 71 foizini egallaydi. Shu bilan birga, ichimlik, qishloq xo‘jaligi va aksariyat texnologik jarayonlarda foydalanish uchun yaroqli chuchuk suvning ulushi bor-yo‘g‘i 2,5 foizini tashkil etadi. Suv odamlarni, iqtisodiyotni va tabiatni harakatga keltiradi. Suv biz iste’mol qiladigan ozuqaning asosidir.
Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, aholining tez o‘sishi, urbanizatsiya, iqtisodiy rivojlanish va iqlim o‘zgarishi suvga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Bundan tashqari, so‘nggi o‘n yilliklarda sayyoramiz aholisiga to‘g‘ri keladigan chuchuk suv miqdori 20 foizga kamaydi.
Darhaqiqat, biz hammamiz suvni, suvsiz ishlab chiqarilmaydigan oziq-ovqatni va o‘zimiz istiqomat qiladigan sayyorani qadrlashimiz kerak. Har birimiz kundalik hayotimizda suvdan foydalanish, iste’mol qilish va boshqarish usullarini o‘zgartirishimiz mumkin. Biz nima yeymiz, ovqatni qanday tayyorlaymiz – bularning barchasi suv resurslariga ta’sir qiladi. Istalgan natijalarga erishishimiz uchun mahalliy, mavsumiy, yangi oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilishimiz, ifloslanish manbai bo‘lgan oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirishimiz va suvni qadrlashimiz kerak.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: