Chorvachilik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biridir. Bugun mamlakatimizda go‘shti va suti bilan ro‘zg‘orlarga baraka olib kiradigan chorva mollarini boqish va uning mahsulotlaridan xalq isteʼmoliga tortiq etish yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Imkoniyat va ishtiyoq bor joyda esa, ishda rivoj va baraka bo‘ladi.
Mana shu ulkan maqsadni diliga tukgan Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi “Isparon livestock and greenhouse” fermer xo‘jaligi ham chorvachilikka ixtisoslashgan va moliyaviy ko‘mak bilan o‘z o‘rni va nomiga ega bo‘layotgan fermer xo‘jaliklaridan biri hisoblanadi.
2019-yilda kosonsoylik Kamol Mamadaliyev chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi tashkil etishni niyat qilib ish boshlagandi. Giyoh ham unmagan cho‘l-biyobonda fermer xo‘jaligi tashkil etishni astoydil istab, 11 gektarli tashlandiq yer maydoniga 1000 bosh qoramol boqishga mo‘ljallangan ferma qurdirdi.
2020-yilda Jahon bankining kredit liniyalari hisobidan 1 mln 632 ming AQSH dollari miqdorida kredit olib, unga Avstriyadan 310 bosh semental zotli chorva mollari olib kelindi. Ushbu zotli sigirlarning boshqa chorva mollaridan farqi sut va go‘sht mahsuldorligi yuqoriligi sanaladi. Ularning keltirilishi aynan pandemiya vaqtiga to‘g‘ri keldi va bu biroz qiyinchilik ham tug‘dirdi. Ishning hadisini olgan fermer xo‘jaligi mehnatdan qochmadi, bugun chorva mollari soni 460 boshga yetdi.
Shuningdek, fermer xo‘jaligiga tegishli 230 gektar yer maydonida bog‘dorchilik faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi. 2 gektarli issiqxonani ham mana shu kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirish rejalashtirilgan.
Bu yerda parvarishlanayotgan sigirlar bir kunda ikki mahal sog‘ilib, 18-25 litrgacha sut beradi. Fermer xo‘jaligi bir kunda 2800-3000 tonna sutni aholiga yetkazib bermoqda. Natijalar kutilganidek, shunga yarasha rejalar ham bisyor. Fermer xo‘jaligiga yana 150 bosh chorva molini olib kelish rejalashtirilgan. Agar ushbu mollardan olinadigan sutni ham xomcho‘t qiladigan bo‘lsak, fermer xo‘jaligi kuniga 6 ming tonnagacha sut yetkazib berishi mumkin. Shuniyam alohida aytish mumkinki, ushbu fermer xo‘jaligida sutni qayta ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish uchun Turkiyadan zamonaviy texnologiyalar allaqachon olib kelinib, ishlar boshlab yuborilgan.
Mehnat insonni ulug‘laydi, yangi marralar sari yetaklaydi deb bejizga aytishmaydi. Ushbu fermer xo‘jaligida ham unga ajratilayotgan kredit mablag‘lari hisobidan gidroponika usulida bug‘doy yetishtirishni rejalashtirishmoqda.
Hozirgi kunda fermer xo‘jaligida 50 nafar ishchi doimiy ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, ish ko‘lamiga qarab, 150 nafargacha mavsumiy ishchilar ham jalb etiladi.
Животноводство – одно из ключевых направлений сельского хозяйства. Сегодня в нашей стране проводится большая работа по удовлетворению потребностей населения в мясной и мясомолочной продукции за счёт увеличения поголовья крупного рогатого скота. А там где желания совпадают с возможностями можно наблюдать развитие и динамику роста. Фермерское хозяйство «Испарон livestock and greenhouse» в Касансайском районе Наманганской области, специализируется на животноводстве и во многом благодаря финансовой поддержке смогло заявить о себе. В 2019 году Камол Мамадалиев начал подготовку к организации животноводческого хозяйства. На просторах бесплодной пустыни,на 11 гектарах он построил ферму на 1000 голов крупного рогатого скота.
В 2020 году за счёт кредитной линии Всемирного банка был получен кредит в размере 1 632 000 долларов США. На эти средства закуплены 310 голов племенного скота из Австрии. Отличием породы «цементал» является высокая продуктивность молока и мяса. Начало работы хозяйства совпало со периодом пандемии, и это безусловно создало определенные сложности. Заботы и старания не прошли напрасно, на сегодняшний день поголовье достигло 460 единиц. Также на 230 га земли, принадлежащей фермерскому хозяйству, начата садоводческая деятельность. Также за счёт кредитных линий планируется профинансировать возведение теплицы, площадью 2 га.
Кстати, каждая корова в среднем даёт 18-25 литров молока, а в сутки ферма поставляет 2800-3000 тонн молока. Каковы результаты, таковы и планы. Согласно которым предусмотрено пополнить поголовье хозяйства еще на 150 единиц. Таким образом ферма сможет вырабатывать до 6 тысяч тонн молока в сутки. Заметим, что из Турции уже завезены современные технологии для создания предприятия по переработке молока.
Не зря говорят, что труд прославляет человека и ведет его к новым свершениям. Помимо всего прочего, в хозяйстве также планируют выращивать пшеницу методом гидропоники, и тоже за счет кредитных средств.
В настоящее время здесь постоянно работают 50 человек. В зависимости от объема работ привлекаются до 150 сезонных рабочих.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: