Qishloq xo‘jaligi vazirligida “McKinsey” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda agrosanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida konsalting mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, “McKinsey” xalqaro kompaniyasi mutaxassislari, vazirlik mutasaddi xodimlari qatnashdi, kompaniyaning xorijdagi xalqaro ekspertlari ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etishdi.
Seminarda “McKinsey” tomonidan O‘zbekistondagi agrosanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida konsalting faoliyatini yuritish borasida taqdim etilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda sohani rivojlantirishda hamkorlik alaoqalarini mustahkamlashga kelishib olindi.
Qayd etish joizki, ushbu uchrashuv “McKinsey&Company” xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari bilan birgalikda tashkil etilgan Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish hamda sohada transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari borasida tadbirning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: “McKinsey&Company” kompaniyasi qishloq xo‘jaligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha mijozlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga turli ko‘rinishdagi yordam ko‘rsatish bo‘yicha boy tajribaga ega. Kompaniya shu kungacha turli davlatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni subsidiyalash tizimini optimallashtirish, qishloq xo‘jaligi ekotizimlarini rivojlantirish, agrotarmoqni raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport hajmini oshirish kabi yo‘nalishlarda ko‘plab loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: