Zamonaviy bozor talabi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksportini kengaytirishda zamonaviy logistika markazlari, issiqxonalar va muzlatkichli omborxonalar qurishni ham taqozo qilmoqda.
Buni Fag‘onadagi “Uz-Segang” qishloq xo‘jaligi korxonasining faoliyatida ham ko‘rish mumkin. Korxona Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida joylashgan bo‘lib, faoliyatini 2018-yilda boshlagan. Ushbu kompaniyaning asosiy faoliyati qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saralash, qadoqlash, saqlash va xorijiy mamlakatlarga eksport qilishdan iborat.
“Uz-Segang” qo‘shma korxonasi yiliga 16 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish quvvatiga ega. Ushbu korxonaning zamonaviy logistika markaziga Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya va Xitoydan ilg‘or texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan. Korxona Logistika markazi meva-sabzavotlarni hamda dukkakli ekinlarni tozalash va saralash uskunalari bilan jihozlangan.
Ta’kidlash joizki, korxona mahsulotlari “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega bo‘lib, qadoqlangan mahsulotlarni Sharqiy Osiyo, MDH hamda Yevropa mamlakatlariga eksport qiladi. Mazkur logistika markazida muntazam 100 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: