Inson salomatligida oqsil moddalariga to‘yinganlik katta rol o‘ynaydi. Aholining oqsilga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda baliqchilik tarmog‘i muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda respublika aholisini sifatli baliq va baliq mahsulotlari bilan ta’minlash, baliq yetishtirish hajmini oshirish, sohaga yangi, resurs tejovchi va intensiv texnologiyalarni joriy etish, yangi istiqbolli baliq turlarini iqlimlashtirishning ilmiy asoslarini yaratish, shuningdek, fermerlar malakasini oshirish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishda yangi baliq turlari va innovatsion texnologiyalarning ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan baliqchi fermerlar, yem ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari, olimlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Mazkur seminarda AQShning Illinoys shtatidan tashrif buyurgan akvakultura va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konsultant Daniel Herman ishtirokchilarga tilyapiya baliqlarini yetishtirishda jahon tajribasi hamda Akvaponika tizimini loyihalashtirishga doir taqdimotlar o‘tkazdi.
Shuningdek, seminarning amaliy qismida Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Abdulla Qurbonov tomonidan institutda joriy etilgan texnologiyalar, olib borilayotgan laboratoriya tadqiqotlari, iqlimlashtirilayotgan yangi baliq turlari, shu jumladan, tilyapiya baliqlarini yetishtirishning biologik asoslari va texnologik tamoyillari yuzasidan axborot berildi.
Seminar davomida mahalliy va xorijiy mutaxassislar tomonidan tilyapiya va osyotr (bakra) baliqlarini oziqlantirish, o‘stirish, qishlovdan chiqarish, qayta ishlash, qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish, innovatsion texnologiyalar, akvaponika tizmini loyihalashtirish va boshqarishga bog‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: