Qishloq xo‘jaligi vazirligida ishlashni xohlovchilar uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda Vazirlik Markaziy apparatida mavjud bo‘sh lavozimlarni malakali va eng munosib nomzodlar bilan to‘ldirish maqsadida ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” vacancy.argos.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida mavjud vakant lavozimlaridan birini malakaviy talablariga muvofiq tanlovda ishtirok etishingiz mumkin.
Nomzodlar bir vaqtning o‘zida 3 tagacha vakant lavozimlarga elektron tarzda ariza topshirish imkoniyatiga ega.
Investitsiyalar va xalqaro hamkorlik bosh boshqarmasi – To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar boshqarmasi
– Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari – boshqarma boshlig‘i
To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar boshqarmasi
– Bosh mutaxassisi
G‘allachilik va dukkakli don ekinlari boshqarmasi
– Boshqarma boshlig‘i
Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi
– Boshqarma boshlig‘i
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va texnik modernizatsiyalash boshqarmasi
-Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi
-Boshqarma boshlig‘i
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi
– Bosh mutaxassisi
Agrologistik markazlarni tashkil etish va infratuzilmani rivojlantirish boshqarmasi
-Bosh mutaxassisi
Xalqaro moliya institutlari loyihalari va grantlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi
– Bosh mutaxassisi
Marketing boshqarmasi
-Bosh mutaxassisi
Yer tuzish va yer munosabatlarini tartibga solish boshqarmasi
– Bosh mutaxassisi
Sabzavotchilik, kartoshkachilik va polizchilik bo‘limi
– Bosh mutaxassisi
Hujjatlar 2022- yil 30- martdan 8- aprelgacha qabul qilinadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: