2021-yil 7-fevral kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi rahbarligi ostida Qishloq xo‘jaligi Ijroiya qo‘mitasining III yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
O‘zbek-turk uchrashuvi Qishloq xo‘jaligi sohasidagi texnik, ilmiy va iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitim doirasida tashkil etilgan. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi ijroiya qo‘mitasining bundan avvalgi yig‘ilishi 2018-yil 18-aprel kuni Buxoroda o‘tkazilgan edi.
– Ikki mamlakatning agrosanoat majmualari hamkorligini rivojlantirish uchun asosiy idoralararo maydon rolini o‘tovchi ushu yig‘ilish bu yili Turkiya Respublikasi qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirlining tashrifi arafasida o‘tkazilmoqda, – dedi Xalqaro hamkorlik va investitsiyalar bosh boshqarmasi boshlig‘i Shohruh Tolibov. – Tashrif doirasida, shuningdek, Turkiyaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishbilarmon doiralari vakillarining ham yurtimizga kelishi kutilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ikki davlat savdo–iqtisodiy aloqalarini kengaytirish hamda agrar sohada yangi investitsion loyihalarni yaratish masalalarini muhokama qilish imkonini beradi.
Uch kunlik tadbirlar doirasida bir nechta uchrashuvlar o‘tkazilib, tomonlar qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikning hozirgi ahvoli va istiqbollari borasida fikr almashishadi, jumladan:
– O‘simlikshunoslik;
– O‘simliklar karantini va himoyasi;
– Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va akvakultura;
– Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari;
– Qishloq joylarni rivojlantirish;
– Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi;
– Qishloq xo‘jaligi ta’limi sohasidagi hamkorlik;
– Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash;
– Urug‘chilik;
– Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash;
– Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish;
– O‘rmon xo‘jaligi.
Masalalar muhokamasida ASKning sohaga aloqador boshqa vazirlik va idoralari rahbarlari ham ishtirok etishadi.
Natijalarga ko‘ra esa kichik komissiya hamraislari keyin amalga oshiriladigan tegishli bayonnomani tasdiqlashadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: