Ayni kunlarda oltiariqlik mirishkorlar yana bir yangilik bilan e’tirofga erishish arafasida turibdilar. Bu ham bo‘lsa, 20 kun o‘tar-o‘tmas “Rizamat ota” navli uzum pishishidir.
Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz. Yoz boshida yurtimizda uzum pishadi.
Qishloq xo‘jaligi vazirining ishchi tashrifi doirasida Oltiariq tumanida joylashgan tadbirkor xonadonida bo‘lindi. Bu yerda dehqon uchun imkoniyatlar yaratilsa va moddiy manfaatdorlik ta’minlansa, qanday ijobiy natijalarga erishilishi mumkinligining yaqqol namunasi o‘zini ko‘rsatdi.
O‘lkamizda “uzum pishig‘i” deganda yozning oyoqlab qolgan davri ko‘z oldimizga keladi. Ammo, yangicha uslub va usulda tok ko‘chatini parvarish qilayotgan bog‘bon, o‘z mehnati, mahorati bilan yozning oxiri, kuzning boshini kutmay, iyun oyiga uzum yetishtirishni va xalqimiz dasturxoniga tortiq qilishni maqsad qilgan. Qolaversa, erishiladigan hosil ichki bozorni qondiribgina qolmay, eksportga chiqarishni ham ta’minlaydi.
Xullas, dastavval o‘zimiz tatib ko‘ramiz, so‘ng jahonga ulashamiz. Demak, yaqin kunlarda yaxshi yangilik sizga e’lon qilinadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: