17-aprel kuni Bavariya federal yeri Oziq-ovqat, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Hubert Bittlmayer boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Uch kun davom etadigan ushbu tashrifdan nemis tomoni O‘zbekiston bilan bir nechta soha, xususan qishloq xo‘jaligida ham ko‘pgina yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan. Jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, chorva mollarini saqlash va ularni tashish, yuqori mahsuldor qoramollar embrioni va urug‘lik materiallarini yetkazib berish, sohani raqamlashtirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, hamkorlik aloqalari ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, suvni tejovchi smart-texnologiyalarni joriy etishda o‘zbek tomoni tajribasini o‘rganishni ham amrab oladi. Tashrif davomida Bavariya delegatsiyasi mahalliy chorvachilik korxonalari, yirik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash majmualarining faoliyati bilan tanishishi ham rejalashtirilgan.
Ilk tashrif manzili Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Samsarak shirin sut” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Changi qishlog‘idagi ushbu chorva kompleksi 2018-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda bu yerda 1000 bosh yirik shoxli qoramol boqilmoqda. Sut yo‘nalishiga ixtisoslashgan ushbu kompleksning kunlik sut ishlab chiqarishi 12 tonnaga teng, sigirlar kuniga ikki marotaba sog‘iladi. Darvoqe, bu yerdagi qoramollar asosan Germaniya va Avstriyadan olib kelingan bo‘lib, “Golshtin” va “Simmental” zotiga mansub. Ushbu chorvachilik kompleksi tuman va boshqa hududlar aholisining ehtiyojlarini qondirish uchun go‘sht va sut mahsulotlarini yetkazib bermoqda.
Mehmonlar chorva kompleksidagi mollarni saqlash, yangi tug‘ilgan buzoqlarni saqlash, oziqlantirish, sut sog‘ish xonalarini ko‘zdan kechirishdi. Chorva xo‘jaligi keng tog‘ yon bag‘rida joylashgani bois, har bir chorva moli uchun 30 sotixdan yer maydoni to‘g‘ri keladi va bu ularning bahavo maskanda erkin parvarishlanishini taʼminlaydi. Aynan ushbu jihat nemis tomonning eʼtiborini tortdi.
Bavariya federal yeri Oziq-ovqat, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Hubert Bittlmayer chorva kompleksini ko‘zdan kechirish mobaynida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:
“Bu yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishdik, bizga yoqdi. Kelajakda mamlakatingizdagi chorvachilik xo‘jaliklari bilan genetika yo‘nalishida hamkorlik qilish niyatimiz bor. Shuningdek, o‘zimizning tajribalarimizga asoslangan holda, ushbu xo‘jaliklarni texnik taʼminoti bo‘yicha ham kelishuvlarga erishmoqchimiz. Chorva mollari va ularning ozuqalarini tayyorlashda keng maydonlar mavjudligi quvonarli holat va ushbu yerlarga suv tejovchi texnologiyalarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikka erishsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi”.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi amaliy ishlar bilan tanishgach, nemis delegatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bilan uchrashdi.
Mehmonlarni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi bilan yanada yaqinroq tanishtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi raqamlashtirish jarayonlariga eʼtibor qaratildi. Bunda Geoportal tizimining o‘ziga xosligi, imkoniyatlari hamda dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun berilayotgan foydali maʼlumotlar, agrosubsidiya bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga to‘xtab o‘tildi. Bavariya federal yeri Oziq-ovqat, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Hubert Bittlmayer O‘zbekistonning ekin maydonlarida ekiladigan ekinlar va ularni oldindan prognoz qilish qanday amalga oshirilishi masalalari bilan qiziqdi va O‘zbekiston tomonidan batafsil javoblar oldi.
Shundan so‘ng mehmonlarning Toshkent davlat agrar universitetiga tashrifi boshlandi. Universitet rahbariyati bilan uchrashuvda Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori Sohib Islomov universitet tarixi, faoliyati va rejadagi ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi. O‘z o‘rnida, Bavariya tomoni agrar taʼlim sohasida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirib, soha taʼlimiga oid bir qancha takliflarni ilgari surdi. Jumladan, Bavariyadagi agrar universitetlar bilan ikki tomonlama tajriba almashinuvini tashkil etish, mutaxassislarni malaka oshirish uchun OTMga yuborish, Toshkent davlat agrar universitetidagi talabalarni ikkinchi bosqichdan Bavariyada o‘qishini davom ettirishini ta’minlash va bu talabalarga ikki tomonlama diplom berish masalalari muhokama qilindi.
– Albatta, biz taklif qilayotgan bu masalalarning ijrosi hozirda oson tuyulishi mumkin. Ammo talabalarning ikki davlatda o‘qib, ikkita diplomga ega bo‘lishi uchun bizning o‘z talablarimiz bor. Bavariyada taʼlimga katta eʼtibor qaratiladi va bizning diplomga ega bo‘lgan talabalar sohani juda yaxshi biladigan va bilimlarini o‘z o‘rnida qo‘llay oladigan yetuk mutaxassislar bo‘lishlari kerak. Ana shundagina biz bunday hamkorlikka rozi bo‘lamiz. Shuningdek, biz bo‘lajak mutaxassislar o‘zi egallaydigan sohani haqiqiy egasi bo‘lishi uchun o‘quv markazlarimizdagi malaka oshirish kurslarini taklif etmoqchimiz. Bunda talaba nafaqat nazariyani, balki amaliyotni ham o‘rganib, soha bilimdoniga aylanadi. Biz O‘zbekiston tomoniga mamlakatimizdagi aynan qishloq xo‘jaligi sohasiga oid taʼlim tizimidan kelib chiqib, takliflar berdik. Ularni birgalikda muhokama qilib, yanada takomillashtirishimiz mumkin,- dedi Bavariya delegatsiyasi vakili doktor Aram Aristakesyan.
Samimiy, do‘stona ruhda va takliflarga boy tarzda kechgan uchrashuv yakunida Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan mehmonlarga yurtimizning go‘zal maskanlari ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari topshirildi va birgalikda suratga tushildi.
17 апреля нашу страну посетила делегация во главе с заместителем министра продовольствия, сельского и лесного хозяйства Федеральной земли Бавария Хубертом Биттльмайером.
В ходе трехдневного визита немецкая сторона намеревалась наладить многостороннее сотрудничество с Узбекистаном, в том числе в сфере сельского хозяйства. В частности, установить тесные контакты по таким направлениям, как производство сельхозпродукции, переработка, хранение и транспортировка скота, поставка высокопродуктивных эмбрионов крупного рогатого скота и семенного материала, а также цифровизация отрасли. Кроме того, отношения предусматривают обмен опытом между научно-исследовательскими институтами, обучение кадров и повышение их квалификации, изучение опыта Узбекистана по внедрению водосберегающих смарт-технологий.
В ходе визита было запланировано ознакомление немецкой делегации с деятельностью отечественных животноводческих предприятий, крупных сельскохозяйственных и пищевых производств, а также перерабатывающих комплексов. Первым адресом посещения стало фермерское хозяйство «Самсарак ширин сут» в Паркентском районе Ташкентской области. Этот животноводческий комплекс в поселке Чанги был создан в 2018 году. В настоящее время поголовье в хозяйстве насчитывает 1 000 голов крупного рогатого скота. Суточная мощность молочного комплекса составляет 12 тонн, а коров доят два раза в день. Кстати, крупный рогатый скот здесь в основном из Германии и Австрии и относится к породам «Голштин» и «Симменталь». Данный животноводческий комплекс поставляет мясную и молочную продукцию для удовлетворения спроса жителей района и других регионов. Гости осмотрели помещения для содержания, кормления и доения скота. Поскольку животноводческая ферма расположена на широком горном склоне, на каждое животное приходится 30 соток земли, что обеспечивает возможность беспрепятственного ухода за ним в свободной среде. Именно этот аспект привлек пристальное внимание немецкой стороны.
Хуберт Биттлмайер поделился впечатлениями во время знакомства с деятельностью животноводческого комплекса: «Нам понравилось. В дальнейшем мы намерены сотрудничать с животноводческими хозяйствами вашей страны в области генетики. Также, исходя из нашего опыта, мы хотим достичь договоренностей по техническому обслуживанию. Отрадно, что есть площади для разведения скота и подготовки кормовой базы, и мы хотели бы развития сотрудничества по внедрению водосберегающих технологий».
После знакомства с практической составляющей агросферы, немецкая делегация встретилась с министром сельского хозяйства Азизом Воитовым. В целях ознакомления гостей с современным развитием агропромышленного комплекса Узбекистана, особое внимание было уделено процессам цифровизации в системе Минсельхоза. Были обсуждены особенности и возможности системы «Геопортал», а также имеющаяся информационная база, предоставляемая дехканским и фермерским хозяйствам, и проводимая работа по агросубсидированию субъектов сельхозпроизводства. Заместитель министра продовольствия, сельского и лесного хозяйства Федеральной земли Бавария Хуберт Биттлмайер интересовался вопросами выращивания сельскохозяйственных культур на полях Узбекистана и процессом заблаговременного прогнозирования посевов и урожайности. Высокий гость получил всю исчерпывающую информацию на этот счёт.
После этого делегация посетила Ташкентский государственный аграрный университет. В ходе встречи первый проректор вуза Сахиб Исламов рассказал об истории, современном учебном процессе, научной деятельности и перспективах университета. В свою очередь, немецкая сторона выразила готовность к сотрудничеству в сфере сельскохозяйственного образования и выдвинула ряд предложений.
В частности, поднимались вопросы организации двустороннего обмена опытом с аграрными высшими учебными учреждениями Баварии, направления специалистов на обучение, обеспечения продолжения обучения студентов Ташкентского государственного аграрного университета в Баварии со второго курса и предоставления студентам дипломов двух стран.
– «Конечно, реализация рассматриваемых нами вопросов может показаться, в принципе, не сложной. Однако у нас есть свои требования при обучении студентов в двух странах и, соответственно, получении двух дипломов. Образованию в Баварии придаётся большое значение, неслучайно наши дипломированные специалисты по праву считаются профессионалами своего дела, хорошо разбирающимися в своей области и способными применять свои знания в любом направлении. Только в таком случае мы согласны на подобное сотрудничество. Мы также хотим предложить курсы повышения квалификации в наших учебных центрах. При этом студент изучает не только теорию, но и практику и становится экспертом в своей сфере. Мы сделали предложения Узбекистану исходя из системы образования в нашей стране, в частности, в сфере сельского хозяйства. Мы можем обсудить вопросы дальнейшего совершенствования образовательного процесса», – сказал представитель делегации доктор Арам Аристакесян.
В завершение встречи, прошедшей в открытой, дружеской атмосфере, представители руководства Ташкентского государственного аграрного университета вручили гостям сувениры с символикой красочных мест нашей страны, после чего было сделано совместное фото.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: