O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Vaxit Kirishchi bilan telefon orqali muloqot qildi.
Vazir turkiyalik hamkasbi va Turkiya xalqini Ramazon hayiti bilan tabriklab, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yaqin sheriklik ruhida rivojlanayotganini qayd etdi.
Ushbu muloqot ikki vazirning yanvar oyida Berlindagi uchrashuvining mantiqiy davomi bo‘ldi. Suhbatda O‘zbekiston agrosug‘urta tizimini takomillashtirishda Turkiya tajribasini o‘rganishga alohida urg‘u berildi. Shuni aytib o‘tish kerakki yaqinda o‘zbek mutaxassislari qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash va kreditlash sohasida xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida Ozarbayjonda bo‘lishgan edi. Ozarbayjonlik do‘stlarimiz bu sohada Turkiya tajribasidan keng foydalangan holda sezilarli natijalarga erishgan.
Telefon orqali muloqotda O‘zbekistonda ham agrosug‘urta tizimini tashkil etish maqsadida, Turkiyadagi agrar soha mutaxassislari bilan birgalikda qishloq ho‘jaligi sohasini sug‘urtalash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish, ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari bo‘yicha majburiy sug‘urtalash mexanizmini joriy qilish, ekin ekish, hosil uchun subsidiyalarni joriy etish maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflar ishlab chiqish, qishloq ho‘jaligini sug‘urtalash elektron axborot tizimini yaratish bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan ham fikr almashildi.
Muloqot davomida yaqin kunlarda Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Vaxit Kirishchi yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritadigan mutaxassislardan iborat delegatsiyani O‘zbekistonga xizmat safariga yuborish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Aziz Voitov hamkasbining fikrlarini qo‘llab quvvatladi. Bundan keyingi agrar sohadagi hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga turtki berishini ta’kidlab o‘tdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: