O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” davlat unitar korxonasi sinov laboratoriyasining 16 nafardan iborat laboratoriya xodimlari aprel oyida Jahon bankining “Tuproq laboratoriyalarini modernizatsiya va jihozlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan o‘quv kurslarda “ISO/IEC 17025:2019” standarti bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdilar.
Laboratoriyalarda o‘tkazilayotgan sinovlarning o‘ziga xolisligi, shaffofligi va xalqaro standartlarga mosligini taʼminlashga qaratilgan keng ko‘lamdagi ishlarning natijasi sifatida o‘tkazilgan ushbu o‘quv kursi IRCA yetakchi auditori Vladimir Beresnev tomonidan olib borildi.
Maʼlumot o‘rnida aytish mumkinki, ISO/IEC 17025:2019 standarti sinov va kalibrlash laboratoriyalari tan olingan mezonlarga asoslangan sifat tizimidan foydalanishlari, texnik jihatdan malakali ekanligi va to‘g‘ri natijalar berilishi mumkinligini ko‘rsatish uchun bajarilishi, qo‘llanishi kerak bo‘lgan talablarni tavsiflaydi. Sinov va kalibrlash laboratoriyalarida ushbu xalqaro standart baholash va akkreditatsiya qilish uchun asos sifatida foydalaniladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: