O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasining Bokuga amalga oshirgan tashrifi haqida sizni xabardor qilib borayotgan edik. Delegatsiya o‘z ishini yakunlab, Toshkentga qaytdi. Mana shu kundalik asnosida orttirilgan tajriba va o‘rganilgan usullar haqida alohida maʼlumot bitiladi.
Ayni damda qishloq xo‘jaligidagi o‘ziga xos uslub ham ko‘zdan chetda qolmaydi. Masalan, Ozarbayjon Respublikasi Absheron tumanida joylashgan Sabzavotlarni yetishtirish ilmiy-tadqiqot institutini olib ko‘raylik. 1965-yilda tashkil etilgan muassasani 2019-yilda to‘liq vazifa va vakolatlari qayta taqsimlandi. Bino va inshootlari qaytadan taʼmirlandi. 102 gektar maydon ushbu muassasa ixtiyoriga to‘liq biriktirildi.
Bugun bu yerda ilmiy ishlar ayni qizg‘in pallaga kirgan. 6 gektar yerda seleksion issiqxona barpo etilgan. 4 ta departament, 5 ta laboratoriyada 160 dan ziyod xodim faoliyat yuritmoqda. Ayni ilmiy muassasada urug‘chilik bo‘yicha keng ko‘lamli amaliyot yo‘lga qo‘yilgan. Urug‘ sinash, tekshirish va saralash shular jumlasidan. Boisi, institutda milliy urug‘chilik genofondini saqlash va rivojlantirish masalalariga jiddiy yondoshiladi. Bu yerda barcha urug‘ alohida va chuqur tahlillarga yuz tutadi. Maqsad – urug‘ Ozarbayjon muhiti va yetishtirish imkoniyatlariga to‘g‘ri kelsin. Shu maqsadda bu yerda uni duragaylash va chatishtirish ishlari ustida ham katta tajribalar olib boriladi.
Laboratoriya sharoitida amalga oshirilayotgan tajriba yomon emas. Misol uchun kartoshkani olib ko‘raylik. Urug‘ asli Yevropadan olib kelingan mikro tuganakdan iborat. In vitro usulida bu yerda o‘rtacha 15 ta mini tugunak olishga muvaffaq bo‘lingan (har bir tuganakdan). Mini tuganaklardan esa, o‘z navbatida reproduktiv kartoshkalar yetishtiriladi. Bu esa sizu-biz isteʼmol qiladigan kartoshkamiz urug‘ligi demak. Institutda issiqxona xo‘jaliklari uchun ham ilmiy asosda tavsiyalar ishlab chiqiladi. Buning uchun yuqorida yozganimiz 6 gektar selekson issiqxona mavjud. Bu yerda ham tajriba tariqasida ekilgan yashilliklarga ko‘zingiz tushadi. Nomlari ham turli tuman. Mahsuloti esa bir-biridan farq qiladi. Ozarbayjonda havo va iqlim nuqtai nazaridan hududlarining-da farqi katta.
Bir tumanida sovuq bo‘lsa, boshqasida bahor. Qaysidir qismida sitrus yetishtirilsa, boshqa tuman to‘laligicha o‘rmon yong‘og‘i tayyorlashga ixtisoslashgan. Mana shunaqa tabiatga ega o‘lka. Bu yerdagi tadbirkorlik muhiti va mahsulot yetishtirish bilan bog‘liq jarayonlar keyingi maqolamiz uchun asos bo‘ladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: