Bugun qishloq xo‘jaligida yerning har bir qarich yeridan unumli foydalanish, dala madaniyatiga rioya etish har bir fermer, dehqon xo‘jaligining asosiy maqsadiga aylangan. Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan «Sirdaryo MMTP» hududidagi «Pop Husanboy Doston» fermer xo‘jaligi ham har bir qarich yerdan oqilona foydalanayotgan va shuning ortidan baraka topayotgan fermer xo‘jaliklardan hisoblanadi.
Ushbu xo‘jalikning yer maydoni 60 gektar bo‘lib, shundan 34 gektariga paxta, 26 gektariga g‘alla ekini ekilgan. Tumanda peshqadamlardan sanaluvchi «Pop Husanboy Doston» ermer xo‘jaligi tashkil etilganiga qariyb 17 yil bo‘ldi. Fermer xo‘jaligi tomonidan bu yil ham chigit 14-martda ekilgan. Maqsad har yilgidek, urug‘ni barvaqt yerga qadab, hosilni ham birinchilardan bo‘lib yig‘ishtirib olishdir.
Fermer xo‘jaligi rahbari G‘ayratjon Haydarov esa tinib-tinchimaydiganlardan. Bugun fermer xo‘jaligi nafaqat daladan mo‘l hosil olishni asosiy maqsadlariga aylantirishgan, balki dala madaniyatiga e’tibor qaratib, maydon chetlaridagi bo‘sh yerlardan ham unumli foydalanmoqda. Dala chetlaridagi yerlarga tok, bodom, tut kabi mevali daraxtlar, shuningdek, oshqovoq ekildi. Ushbu oshqovoqlardan olingan hosil nafaqat kam taʼminlangan oilalarga, balki mahalliy bozorlarga ham tarqatilishi rejalashtirilgan.
Ishning ko‘zini, xalqning manfaatini o‘ylab ter to‘kayotgan ushbu fermer xo‘jaligida 6 nafar suvchi, 24 nafar pudratchi ayollar mehnat qilmoqda.
Fermer xo‘jaligining dala maydonida ekilgan chigitlar bugun bexato unib chiqqan, ularni yaganalash ishlari olib borilmoqda. Bahorning iliq kelgani esa, dehqonlarning ishini yanada osonlashtirmoqda.
Lavhamizda «Pop Husanboy Doston» fermer xo‘jaligining faoliyati, dala madaniyatiga qaratilayotgan e’tibor va ekin maydonlarida olib borilayotgan ishlar xususida hikoya qilamiz.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: