Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ertapishar navlarini ekish bahor oylarida yetilgan hosilni ichki bozorlarimizga yetkazish imkonini beradi. Bu esa, bozorlarimizda mahsulotlarning mo‘l-ko‘lligini va narh-navo barqarorligini ta’minlaydi.
Joriy yil bahor mavsumining issiq kelgani bois, Surxondaryo viloyatining bir qator tumanlarida ertapishar piyozning pishib yetilgan yangi hosili bozorlarimizga iste’mol uchun bosqichma-bosqich yetkazib berish boshlangan. Endi Qashqadaryodagi dehqon va fermerlar ham surxondaryolik dehqonlar kabi ertagi piyoz yetishtirib, tayyor hosilni birinchilar qatorida yurtdoshlarimizga yetkazib berishadi. Gap shundaki, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi mutaxassislari Koreyadan keltirilgan yangi piyoz navlarini 2022-yil 5-sentyabr oyida urug‘lik uchun ekishgan bo‘lib, ayni paytda ushbu piyoz navi ham pishib yetilmoqda.
Bu piyoz navining ahamiyatli jihatlari o‘ziga xos bo‘lib, o‘suv davri 110-115 kunni tashkil etadi. Bundan tashqari piyozboshi eti oq, yupqa hamda sersuv hisoblanadi. Piyoz urug‘lari aprelning ikkinchi yarmi mayning birinchi o‘n besh kunligida pishib yetiladi. Ushbu sabzavotning har gektaridan o‘rtacha 68-70 tonna hosil olish mumkin.
Islombek Po‘latov Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti, O‘simliklar himoyasi va agrotexnologiyalar bo‘limi boshlig‘i:
— Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad hosildorlikni oshirish bilan birga uning tezroq pishib yetilishini taminlash. Bu yerda qatorlar orasi 70 sm ga ishlangan egatlarda urug‘larimiz zich tartibda ekilgan. Va bu ko‘proq hosil olishga imkon yaratib beradi. Ushbu navni ekishni biz dehqonlarimizga ham tavsiya beramiz.
Mazkur navning yana bir afzalllik tomonlaridan biri ertapisharligi hamda keyingi sabzavot ekinlariga yerni bo‘shatib berishidir. Unib-o‘sgan piyoz navini begona o‘tlardan tozalash maqsadida agromexanik tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni, bunda piyoz qatorlarini begona o‘tlardan qo‘l mehnati yordamida tozalanib, yagona qilinadi. Bu esa, piyozlarning sifatli pishib yetilishi va hosilning yuqori darajada bo‘lishiga yordam beradi.
Yorqinoy Ro‘ziqulova Mavsumiy ishchi qizlar guruhi rahbari
— Biz piyozni yagana qilamiz. Ishchi qizlar guruhimizda 25-30 nafarni tashkil qiladi. Ular har doim mavsumiy ishda ishlashadi. Oson ishning o‘zi yo‘q. Piyoz va sabzini begona o‘tlardan tozalash va ularni yagana qilish oson ish emas. Shunday bo‘lsa-da har mavsumda mehnat qilib o‘zimiz uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: