Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hamda sabzavot konservalari va mevali kompotlar ishlab chiqaruvchi «Gar Shim» korxonasi 1999-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 60 turdagi mahsulotlarni xaridorlarga taklif qiliadi. Ishlab chiqarish hajmi – yiliga 8 million bankani tashkil etadi. Zavod majmuasi maydoni 10 000 kvadrat metr.
Zavodning o’z laboratoriyasi mavjud bo’lib, unda mahsulotlar 31 ta xususiyatlari bo‘yicha tahlil qilinadi.
Korxonaning qiymati 20 million dollarni tashkil etadi.
«Gar Shim» – «Artishok» organik ichimligini ishlab chiqaruvchi yagona kompaniya hisoblanadi.
Kompaniya ISO 22000:9001, GMP, Organik sifat sertifikatlariga ega .
Korxona Polsha, Ispaniya, Italiya va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qiladi.
Bugungi kunda 1 million AQSH dollari miqdorida meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish boʻyicha kelishuvga erishilgan.
Delegatsiya, shuningdek, Ulan-Batordan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan «Agro Jagiral» yirik va mayda shoxli qoramollar kushxonasiga ham tashrif buyurdi.
Kompaniya har yili Eron, Qatar va BAA bozorlariga 1 000 tonna halol go‘sht yetkazib beradi.
2022-yil oxirida kompaniya O‘zbekiston Respublikasiga go‘sht olib kirish huquqiga ega bo‘lgan korxonalar reestriga kiritildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: