Bugun barcha sohada bo‘lgani kabi Qishloq xo‘jaligi tizimida ham sohaga yangi texnologiyalarning joriy etiishi va xodimlarning xorijiy mamlakatlarda tajriba oshirib qaytishi davr talabiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi xodimlari — laboratoriya boshliqlari, texnik xodimlar va traktor xaydovchilari o‘quv kurslarida qatnashishdi. Markazni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu o‘quv kurslari bir oy davomida olib borildi.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2023-yilning mart oyida Markazning 3 nafar xodimi Turkiyaning “TAMTEST” markazida o‘tkazilgan tajriba-sinovga yo‘naltirilgan o‘quv-kurslarida o‘z malakalarini oshirib, xalqaro sertifikatga ega bo‘lishdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘tkazilayotgan ushbu amaliy mashg‘ulotlar va o‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyundagi “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida ko‘zda tutilgan vazifalarning ijrosini taʼminlashga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: