Respublikada so‘nggi yillarda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 14-mart kuni Buxoro viloyati hokimligi, viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, viloyat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi, viloyat Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi hamkorligida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi «Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-251-sonli qarori 3-ilovasining 15-bandida belgilangan vazifalarni ijro etish, shahar va tumanlarda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar orasida keng qamrovli kooperatsiyalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Buxoro viloyatida dorivorchilik va ziravorchilik sohasini rivojlantirish maqsadida, dorivor o‘simliklar savdo yarmarkasi o‘tkazildi.
Savdo yarmarkada Buxoro davlat universiteti, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro tibbiyot instituti, dorivorchilik klasterlari, fermer xo‘jaliklari hamda farmatsevtika korxonalari o‘z mahsulotlari bilan qatnashdilar.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: