2023-yilning 7-mart kuni Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligi sohasidagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev va Qirg‘iz Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Samat Nasirdinov olib bordi. Tadbirda ikki mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirliklari rahbarlari va mas’ul xodimlari, biznes vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasidagi agrosanoat kompleksi sohasida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” muhokama qilindi.
– Bugungi tadbir davlatlarimiz rahbarlarining agrosanoat kompleksi bo‘yicha muloqotining mantiqiy davomidir. Biz qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirishga qodir, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan loyihalardan manfaatdormiz, – dedi Qahramon Yuldashev o‘z nutqida.
Tadbirda O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi qardosh davlatlar bo‘lib, chorvachilik va dehqonchilik sohasida faol hamkorlik qilib kelayotgani ta’kidlandi. Endi birgalikda ishlash uchun yanada maqbul sharoitlar yaratilmoqda. O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirliklari hamkorlikda faol ish olib bormoqda.
Qirgʻiz Respublikasi hududida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va sotish boʻyicha agrologistika markazini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi. Bu yerda ochish uchun to‘rtta taklif kiritildi:
“Menimcha, ushbu yig‘ilishda muhokama qilingan eng istiqbolli loyiha – bu Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyati, Ola-Buka shahrida savdo-logistika markazi tarkibida qo‘shma korxona – agrosanoat majmuasini barpo etishdir. Bu yerda qishloq xo‘jaligi aylanmasida o‘zaro ta’sir qiluvchi barcha omillar va manfaatdor tomonlar shakllanadi”, — dedi Samat Nasirdinov.
Bundan tashqari, uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Malumot uchun
2021-yilda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 157 million AQSH dollarini tashkil qildi. 2022-yilda – 150 mln dollar. Oʻzbekistondan eksport qilinadigan asosiy mahsulotlar yangi va quritilgan meva-sabzavotlar, dukkaklilar, qandolat mahsulotlari, ichimliklar va boshqalardir. Korxonalarimizda qayta ishlash uchun Qirgʻiz Respublikasidan Oʻzbekistonga asosan qishloq xoʻjaligi hayvonlari keltiriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: