Bugun Toshkent davlat agrar universitetida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayramga tashrif buyurgan xotin-qizlarni eshik oldida gul va ajoyib tilaklar bilan kutib olindi.
Samimiy va bayramona ruhda o‘tgan tadbir Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarimizni qutlash va ularga madaniy hordiq ulashish maqsadida tashkil etildi.
Bayram tadbirini kirish so‘zi bilan ochib bergan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov latofatli xotin-qizlarni qutlar ekan, bugun mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida ham tinimsiz mehnat qilib kelayotgan ayollarimizning soni ortib borayotganini, ulardagi yaratuvchanlik qobiliyati, mehr-muruvvat, gamho‘rlik kabi nozik hilqat vakillariga mansub fazilatlar aynan yerga don qadash yoki mevali daraxt nihollarini o‘tqazishdan boshlab, ularni voyaga yetgunga qadar parvarishlashda ham qo‘l kelayotganini alohida takidlab o‘tdi.
Bayram tadbirida Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Ashula va raqs ansamblining taniqli so‘z ustalari va xonandalarining chiqishlari ishtirokchilarda kata taassurot qoldirdi.
Xushkayfiyatda o‘tgan ushbu bayram kechasi ehtirom va eʼtibordan mamnun bo‘lgan qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan ayollarimizning yodida uzoq paytgacha saqlanib qolishi, shubhasiz.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: