O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari Qahramon Yuldashev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy investitsiya agentligi direktori Umbriel Temiraliyev va ikki tomon vakillaridan iborat ishchi guruh o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy investitsiya agentligi, Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillaridan iborat ishchi guruh ikki tomonlama hamkorlik doirasida yo‘lga qo‘yilgan loyihalarning borishi va hozirdagi holati bo‘yicha fikr-mulohazalar almashdilar.
Loyihalarni amalga oshirishda duch kelinayotgan muammolar va yechimlar muhokama qilinib, bu borada qanday amaliy ko‘mak lozim bo‘lsa, Qirg‘iz Respublikasi tomon bunga tayyor ekanligini bildirdi.
Do‘stona ruhda kechgan uchrashuvda kelgusidagi hamkorliklar bo‘yicha ham kelishib olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: