Mamlakatimizda so‘nggi yillarda gender tenglik masalalari o‘z rivojida yangi bosqichga ko‘tarilgani barcha yo‘nalishlarda o‘z aksini topmoqda. Xususan, 2022-yil 28-dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining 2021-2022-yildagi ijrosi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Unda davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash mavzusi muhim boblar qatorida turishi davlat tashkilotlarida ushbu sohaga bo‘lgan e’tibor yanada oshganini ko‘rsatadi.
Institut rahbariyati tomonidan mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, maʼnaviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida ilk bor “Davlat idoralarida ayollarning o‘rni” mavzusida 2 kunlik ayollar forumi tashkil etildi.
Mazkur forumda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva hamda O‘zbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining ijtimoiy-himoya bo‘limi bosh mutaxassisi Shoxida Begimkulovalar mamlakatda gender tenglik masalalari bo‘yicha ayollarga yaratilayotgan qulayliklar, ijtimoiy sheriklik masalalari bo‘yicha forum ishtirokchilari bilan suhbatlashishdi.
Shuningdek forumda:
Forumning birinchi kuni barcha hududlardan yig‘ilgan ayollarning o‘zaro teambuilding prinsiplari asosida yanada yaqindan tanishishlari uchun xizmat qildi. Respublikamizning barcha hududlari o‘zining iqlim sharoiti urf-odatlari, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiradigan ishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Aynan mana shu o‘zaro farqlarni 4 ta guruhga bo‘lingan forum ishtirokchilari sahna ko‘rinishlari orqali aks ettirishdi.
Shuningdek “O‘zdavyerloyiha” instituti Bosh direktorining Gender tenglik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilorom Rizayeva hamda institut xodimlar bo‘limi boshlig‘i Maxfuza Abdullayevalar tizimda olib borilayotgan ishlar, Gender tenglik masalari bo‘yicha 2023-yil dasturi bilan tanishtirib, qo‘yilgan maqsadlar, yil yakuni bo‘yicha kutilayotgan natijalar haqida taqdimot qilishdi.
Forumning madaniy qismi O‘zbek milliy akdemik drama teatri va Amirsoy tog‘ chang‘i kompleksida davom etdi.
Forum yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan hududlarda ish faoliyatining jozibadorligini yanada oshirish bo‘yicha takliflar, shuningdek bildirilgan fikr va mulohazalar asosida Gender tenglik masalalari bo‘yicha dasturga qo‘shimcha yo’l xaritasi tuzishga kelishib olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: