O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Aziz Voitov Fransiyaning Interco Nouvelle Aquitaine xalqaro hamkorlik agentligi direktori Kristina Pekasteyn hamda bosh mutaxassisi Gilermo Martins bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Fransiya tomoni O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi islohotiga oid o‘zgarishlar, fan va ta’limdagi yangiliklar, ilmiy salohiyatning kundan-kun o‘zgarib borayotgani haqida ma’lumotga egaligini hamda ayni jarayonlar bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurganini aytib o‘tdi.
Aziz Voitov vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ilm-fan va innovatsiyalarning qishloq xo‘jaligi amaliyotiga keng joriy etilishida tayanch tashkilot ekanligini ta’kidlab, mehmonlarni Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, ilmiy tadqiqot institutlari va AKIS-agroxizmatlar markazlari faoliyati bilan tanishishga taklif etdi.
Delegatsiya a’zolari dastlab, Toshkent davlat agrar universiteti salohiyatini yaqqol namoyon etgan ko‘rgazma bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, 2022-2023-o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlagan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.
Shundan so‘ng mehmonlar Milliy markaz bosh direktori Alisher To‘rayev hamrohligida “Denova – Agro” invitro laboratoriyasida bo‘ldi. Ularga pavlovniya, uzum, kartoshka, gilos va malinani invitro usulida yetishtirish jarayonlari tanishtirildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: